EN | RU

Professional yondashuv

Biz Sizning moliyaviy extiyojlaringizga professional yechim topamiz

Qulay shartlar

Sizga faqat eng qulay mikromoliyaviy xizmatlar taklif etiladi

Tezkor yechim

Buyurtmalaringiz qisqa muddat ichida ko'rib chiqiladi

Biz haqimizda

Renesans Mikrokredit Tashkiloti

Renesans Mikrokredit Tashkiloti mas'uliyati cheklangan jamiyat sifatida 2007 yilning yozida tashkil etilgan bo'lib, 07.12.2007 yil sanasida mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatish uchun tegishli litsenziyaga ega bo'lgach, 2008 yil boshidan Toshkent shahri va viloyati aholisiga xizmat ko'rsata boshlagan.

O'tgan vaqt mobaynida Renesans MKT xizmatidan 4000 dan ortiq mijozlar foydalanib, ularga 14 milliard so'mdan ortiq mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatildi. Ko'rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlarning 55% qismi guruhli mikromoliyalash tamoyillariga asosan garovsiz taqdim etilgan.

2009-yilda Renesans MKT Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish Banki (EBRD) ning BAS dasturi bo'yicha portfelni samarali monitoring qilish tizimini rivojlantirish va integratsiyalash borasida konsultatsiya uchun grant olgan. Natijada, konsultatsiya uchun tanlab olingan Prosperity Investment kompaniyasi tomonidan Renesans Mikrokredit Tashkilotiga "Mikromoliyaviy xizmatlarda riskni baxolash", "Bozor dinamikasi va raqobatchilar faoliyati taxlili", "Riskni boshqarish tizimlariga metodologik yordam ko'rshatishni rivojlantirish", "Qarzdorlar riskini baxolash tizimi modelini ishlab chiqish" kabi masalalarda amaliy va nazariy maslaxatlar olindi.

Renesans MKT Mikrokredit Tashkilotlari va Kredit Uyushmalari Milliy Assotsiatsiyasi (NAMOCU) tomonidan 2010-yil yakunlari bo'yicha "Yilning eng daromadli mikrokredit tashkiloti", 2011-yil yakunlari bo'yicha "Assotsiatsiyaning eng faol a'zosi" deb topilgan bo'lsa, 2012-yilda Mikromoliyash Institutlari Milliy Assotsiatsiyasi (NAMI) Renesans MKTni qatorasiga ikkinchi bor "Assotsiatsiyaning eng faol a'zosi" nominatsiyasida taqdirlagan.

Renesans MKT kichik va o'rta biznes sub'yektlariga, yakka tartibdagi tadbirkor, o'z o'zini ish bilan ta'minlaganlar va mikromoliyaviy xizmatlarga yuqori extijoymand bo'lganlarga qulay va arzon mikromoliyaviy yordam ko'rsatish uchun bel bog'lagan.

Tashkilotning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasi ilg'or bank tajribalarini joriy etish, ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, mintaqaviy tarmoqlarni rivojlantirish orqali barqaror va daromadli tashkilot barpo etish hamda O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining gullab yashnashi va barqarorligini yanada mustahkamlanishi uchun o'z hissasini qo'shishga qaratilgan.

Biz ko'rsatiladigan xizmatlarni takomillashtirib boradigan, qadamma qadam qisqa va uzoq muddatli strategik rejalarni amalga oshiruvchi, o'z majburiyatlarining so'zsiz bajaralishiga kafolat beradigan, yuqori darajadagi xizmat va professional xodimlarga ega bo'lgan universal mikromoliya institutini yaratishni maqsad qilganmiz. Ushbu maqsadlar tashkilotning O'zbekiston mikromoliyalash bozorida yetakchi mavqega ega bo'lishini ta'minlaydi.