EN | RU

Professional yondashuv

Biz Sizning moliyaviy extiyojlaringizga professional yechim topamiz

Qulay shartlar

Sizga faqat eng qulay mikromoliyaviy xizmatlar taklif etiladi

Tezkor yechim

Buyurtmalaringiz qisqa muddat ichida ko'rib chiqiladi

Mikrolizing

Mikrolizing moliyaviy ijaraning alohida turi bo'lib, bunda lizing oluvchiga lizing ob'yekti shu shartnomada belgilangan shartlarda, haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun beriladi. Lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing ob'ekti lizing oluvchining mulki bo'lib hisoblanadi.

Mikrolizing mahsuloti nomi ReneLeasing
Miqdori Eng kam ish haqining 2000 barobarigacha
Ustama foiz stavkasi Yillik 36%dan 48%gacha
Muddati 1 yil + 1 kundan 2 yilgacha
To'lov tartibi Har oy to'lov jadvaliga asosan
Kreditlash shakli Mikrolizing ob'yektini sotuvchining hisob raqamiga pul o'tkazish yo'li bilan
Komission to'lov Ko'zda tutilmagan
Imtiyozli davr 3 oygacha
Ta'minot turi Zargarlik buyumlari
Transport vositasi
Bank yoki sug'urta kompaniyasi kafolati
Uchinchi shaxs kafilligi
Talab etiladigan hujjatlar Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun
1. Mikrolizing olish uchun buyurtma
2. Pasport nusxasi
3. Yashash joyidan ma'lumotnoma (ma'lumotnoma bir oygacha amal qiladi)
4. Yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi nusxasi
5. Byudjet oldida qarzdorligi yo'qligi to'g'risida mahalliy DSIdan ma'lumotnoma
6. Xizmat ko'rsatuvchi bankdan Kartoteka-2 da qarzdorligi yo'qligi to'g'risida ma'lumotnoma
7. Ish faoliyati va daromadi to'g'risida bank ma'lumotlari (hisob raqam aylanmasi)
8. So'ralayotgan mikrolizing foydalanish maqsadlari ko'rsatilgan biznes-reja
Yuridik shaxslar uchun
1. Mikrolizing olish uchun buyurtma
2. Ta'sis shartnomasi, nizom va guvohnoma nusxalari
3. Ijro organi rahbari va bosh hisobchi pasportlari nusxalari
4. Litsenziya talab etiladigan faoliyat turlari uchun litsenziya nusxasi
5. Byudjet oldida qarzdorligi yo'qligi to'g'risida mahalliy DSIdan ma'lumotnoma
6. Xizmat ko'rsatuvchi bankdan Kartoteka-2 da qarzdorligi yo'qligi to'g'risida ma'lumotnoma
7. Moliyaviy hisobotlar va hisob raqam aylanmasi
8. So'ralayotgan mikrolizing foydalanish maqsadlari ko'rsatilgan biznes-reja
Ko'rib chiqish muddati Buyurtma berilgan kundan e'tiboran 3 ish kuni