EN | RU

Professional yondashuv

Biz Sizning moliyaviy extiyojlaringizga professional yechim topamiz

Qulay shartlar

Sizga faqat eng qulay mikromoliyaviy xizmatlar taklif etiladi

Tezkor yechim

Buyurtmalaringiz qisqa muddat ichida ko'rib chiqiladi

Menejment

Ijrochi Direktor

Mamajonov Dilshodjon Oribjonovich

Mamajonov D.O. Toshkent Moliya Institutini tamomlagan, bank va moliya tizimida 10 yildan ortiq mehnat malakasiga ega. O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki "Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv a'zolari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasi"dan 30.12.2014 yilda suhbatdan o'tgan.


Bosh Buxgalter

Hoshimova Abadan Kenjayevna

Buxgalteriya sohasida 19 yildan oshiq mehnat malakasiga ega bo'lish Hoshimova Abadan Kenjayevnani bosh buxgalter lavozimiga tengsiz nomzod sifatida namoyon etgan.

Hoshimova A.K. 1986-yilda Toshkent Politexnika Institutini tugatib, UzTransSpetsStroy, Chirchiq Shahar Hokimiyati mintaqaviy qurilish boshqarmasi, Chirchiq G'isht Zavodi, Sapar Ota Building kabi tashkilotlarning buxgalteriya bo'limlarida faoliyat yuritgan.

2007-yilning avgust oyida yangi tashkil etilgan Renesans MKTga kelib qo'shilgan Abadan Kenjayevna bugungi kunga qadar MKTning buxgalteriya bo'limini yuksak professionallarga xos tarzda boshqarib kelmoqda.


Kredit Bo'limi Boshlig'i

Bo'ronov Fazliddin Maxmatqulovich

Toshkent Moliya Instituti bitiruvchisi bo'lgan Bo'ronov Fazliddin Maxmatqulovich 2009-yildan buyon Renesans MKTda faoliyat yuritib kelmoqda. Renesans MKTdagi faoliyatini kredit inspektori lavozimida boshlagan Bo'ronov, o'zining samarali mehnati orqali kredit bo'limi boshlig'i darajasiga qadar ko'tarildi. Bir bora Renesans Yulduzi tanlovi g'olibiga aylangan.