EN | RU

Professional yondashuv

Biz Sizning moliyaviy extiyojlaringizga professional yechim topamiz

Qulay shartlar

Sizga faqat eng qulay mikromoliyaviy xizmatlar taklif etiladi

Tezkor yechim

Buyurtmalaringiz qisqa muddat ichida ko'rib chiqiladi

Mikroqarz

Mikroqarz - O'zbekiston Respublikasi rezidentlari bo'lgan jismoniy shaxslarga muddatlilik va qaytarishlilik, shartnomada nazarda tutilgan xollarda to'lovlilik shartlari asosida eng kam ish haqining 100 (yuz) barobaridan oshmaydigan miqdorda berilgan pul mablag'laridir.

Mikroqarz mijozning ixtiyoriga ko'ra naqd pul shaklida, uning nomiga Renesans MKT ga xizmat ko'rsatuvchi bankda ochilgan plastik kartochkaga yoki mijozning istalgan bankdagi talab qilib olinguncha depozit hisob raqamiga o'tkazib berilishi mumkin.

Renesans Mikrokredit Tashkiloti hozirgi kunda Toshkent shahri va viloyati aholisiga yakka tartibda va guruhli mikromoliyalash tamoyillari asosida quyidagi turlardagi mikroqarz olishni taklif etmoqda:


Yakka tartibda mikroqarz oluvchilar uchun:

Guruhli mikromoliyalash tamoyili asosida mikroqarz oluvchilar uchun:

ReneIshonch shartlari asosida guruhli mikromoliyalash tamoyili bilan mikroqarz olish istagida bo'lgan guruhlarga quyidagi shartlar tadbiq etiladi:

  • Guruh a'zolari soni: 3 kishidan 5 kishigacha;
  • Guruh a'zolari o'zaro yaqin qarindosh bo'lmasliklari va bir xo'jalikda istiqomat qilmasliklari;
  • Guruhning har bir a'zosi guruhning boshqa a'zolaridan alohida o'z daromad manbaiga ega bo'lishi;
  • Guruh a'zolari bir birlarini kamida 6 oydan beri bilishlari;
  • Guruh a'zolari o'zaro solidar javobgarlik to'g'risida kafillik shartnomasi imzolashga va zarur xollarda guruhning boshqa a'zolari qarzini kafillik shartnomasiga asosan so'ndirishga rozi bo'lishlari;