EN | RU

Professional yondashuv

Biz Sizning moliyaviy extiyojlaringizga professional yechim topamiz

Qulay shartlar

Sizga faqat eng qulay mikromoliyaviy xizmatlar taklif etiladi

Tezkor yechim

Buyurtmalaringiz qisqa muddat ichida ko'rib chiqiladi

Mikroqarz - ReneIshonch

Guruhli mikromoliyalashni boshqa muhim jihati - bu "ketma ketlik" tamoyili, katta bo'lmagan kredit summasi va davomiyligi qisqa muddat bo'lgan birinchi kredit siklidan boshlab kelgusi kredit sikllarida bora - bora summani ko'paytirish va kreditni to'lash muddatini uzaytirishdir. Bu qarz oluvchilarda kreditni uzoqroq muddatga olishni davom ettirish uchun kuchli rag'bat uyg'otadi. Bu muddatda qarz oluvchi Renesans MKT oldidagi majburiyatlarini to'liqroq tushunib yetadi.

Quyida solidar tartibda guruhli mikromoliyalash tamoyili asosida qarz olayotgan mijozlar uchun ReneIshonch shartlari asosida mikroqarz bo'yicha ma'lumot:

Mikroqarz mahsuloti nomi ReneIshonch
Miqdori 300 000 so'mdan eng kam ish haqining 100 barobarigacha
Ustama foiz stavkasi Yillik 64%dan 72%gacha
Muddati 3 oydan 12 oygacha
To'lov tartibi Har oyda yoxud 28 kunda, to'lov jadvaliga asosan
Kreditlash shakli Naqd pulda
Komission to'lov Mikroqarz miqdoridan 5%, hujjatlar tayyorlash va rasmiylashtirish uchun, mikroqarz olishdan avval to'lanadi
Imtiyozli davr Ko'zda tutilmagan
Ta'minot turi Zargarlik buyumlari
Transport vositasi
Bank yoki sug'urta kompaniyasi kafolati
Uchinchi shaxs kafilligi
Talab etiladigan hujjatlar 1. Mikroqarz olish uchun guruhning barcha a'zolari tomonidan imzolangan buyurtma
2. Guruh har bir a'zosining pasport nusxasi
3. Yashash joyidan ma'lumotnoma (olingan ma'lumotnoma bir oygacha amal qiladi)
4. Soliq to'lovchining identifikatsion raqami
5. Daromadi to'g'risida ma'lumotnoma
Ko'rib chiqish muddati Buyurtma berilgan kundan e'tiboran 3 ish kuni