EN | RU

Professional yondashuv

Biz Sizning moliyaviy extiyojlaringizga professional yechim topamiz

Qulay shartlar

Sizga faqat eng qulay mikromoliyaviy xizmatlar taklif etiladi

Tezkor yechim

Buyurtmalaringiz qisqa muddat ichida ko'rib chiqiladi

Mikroqarz - ReneSureGroup

ReneSureGroup mikroqarz mahsuloti o'zida guruhli mikromoliyalash tamoyili va qo'shimcha ta'minotning majburiyligini mujassam etgan bo'lib, hatto ilk bora murojaat etayotgan mijozlarga ham katta miqdordagi mablag'larni uzoqroq muddatga taqdim etish imkoniyatini yaratadi.

ReneSureGroup shartlari asosida mikroqarz olish istagida bo'lganlar 2 kishidan 5 kishigacha bo'lgan bir-birining MKT oldidagi majburiyatlari bo'yicha solidar javobgarlikka tayyor guruhni tashkil etadilar. Renesans Mikrokredit Tashkiloti tomonidan taklif etilayotgan guruhli mikromoliyalash tamoyili asosiga qurilgan boshqa mikroqarz mahsulotlaridan farqli o'laroq, bu holatda bir birlariga yaqin qarindosh bo'lgan yoxud bir xo'jalikka ega shaxslarning bir guruhga birlashishiga yo'l qo'yiladi.

Mikroqarz mahsuloti nomi ReneSureGroup
Miqdori Har bir jismoniy shaxs uchun 300 000 so'mdan eng kam ish haqining 100 barobarigacha Har bir jismoniy shaxs uchun 300 000 so'mdan eng kam ish haqining 100 barobarigacha
Ustama foiz stavkasi Yillik 58%dan 73%gacha Yillik 36%dan 48%gacha
Muddati 3 oydan 24 oygacha 3 oydan 24 oygacha
To'lov tartibi Har oyda yoki 28 kunda, to'lov jadvaliga asosan Har oyda yoki 28 kunda, to'lov jadvaliga asosan
Kreditlash shakli Naqd pulda Mijozning plastik kartochkasiga yoki omonat hisob raqamiga pul o'tkazish yo'li bilan
Komission to'lov Mikroqarz miqdoridan 3%, hujjatlar tayyorlash va rasmiylashtirish uchun; kredit olishdan avval to'lanadi Ko'zda tutilmagan
Imtiyozli davr Ko'zda tutilmagan Ko'zda tutilmagan
Ta'minot turi Zargarlik buyumlari
Transport vositasi
Bank yoki sug'urta kompaniyasi kafolati
Uchinchi shaxs kafilligi
Talab etiladigan hujjatlar 1. Mikroqarz olish uchun guruhning barcha a'zolari tomonidan imzolangan qo'shma buyurtma
2. Pasport nusxasi
3. Yashash joyidan ma'lumotnoma (olingan ma'lumotnoma bir oygacha amal qiladi)
4. Soliq to'lovchining identifikatsion raqami
5. Daromadi to'g'risida ma'lumotnoma
Ko'rib chiqish muddati Buyurtma berilgan kundan e'tiboran 3 ish kuni