EN | RU

Professional yondashuv

Biz Sizning moliyaviy extiyojlaringizga professional yechim topamiz

Qulay shartlar

Sizga faqat eng qulay mikromoliyaviy xizmatlar taklif etiladi

Tezkor yechim

Buyurtmalaringiz qisqa muddat ichida ko'rib chiqiladi

Yuridik shaxslar rahbarlariga

O'zbekiston Respublikasi mikromoliyalash bozorida 2007-yildan buyon o'zini ishonchli va barqaror nobank kredit tashkiloti sifatida namoyon etib kelayotgan Renesans Mikrokredit Tashkiloti yuridik shaxslarga quyidagi shartlar asosida ikki tomonlama foydali hamkorlikni taklif etadi:

Renesans Mikrokredit Tashkiloti 3 (uch) oy va undan ortiq muddatga O'zbekiston Respublikasi rezidentlari bo'lgan yuridik shaxslardan qarz shartnomalariga asosan 10 000 000 (o'n million) so'mdan kam bo'lmagan miqdorda yillik 16% (o'n olti) dan 22% (yigirma ikki)gacha ustama to'lash sharti bilan qarz mablag'larini jalb etadi. Hisoblangan foizlar mijozning xohishiga binoan har oyda yoki kvartalda to'lab boriladi.

Yuridik shaxslardan jalb etiladigan qarz mablag'lari qo'shimcha ravishda mablag'lar shartnoma muddati tugaganda qarz beruvchiga so'zsiz qaytarilishini ko'zda tutuvchi bank kafolati yoki sug'urta kompaniyasining sug'urta polisi bilan ta'minlanadi.

Shuni alohida ta'kidlashni istardikki, Renesans Mikrokredit Tashkiloti Axbor-Reyting reyting agentligi tomonidan berilgan milliy shkala bo'yicha uzB++ 'Barqaror' kredit reytingiga ega bo'lib, tashkilot tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar to'lig'icha yuqori likvidli garov bilan ta'minlanadi.