EN | RU

Professional yondashuv

Biz Sizning moliyaviy extiyojlaringizga professional yechim topamiz

Qulay shartlar

Sizga faqat eng qulay mikromoliyaviy xizmatlar taklif etiladi

Tezkor yechim

Buyurtmalaringiz qisqa muddat ichida ko'rib chiqiladi

Tashkilot

"Renesans Mikrokredit Tashkiloti" Mas'uliyati Cheklangan Jamiyati 2007 yil 18 iyulda Chirchiq shahrida ro'yhatga olingan. Hodimlar soniga ko'ra mikrofirma hisoblanadi va soddalashtirilgan soliq to'lovchidir.

Renesans Mikrokredit Tashkiloti ta'sischilari O'zbekiston Respublikasi rezidentlari bo'lgan jismoniy shaxslardan iborat.

Renesans MKT 2008 yildan buyon Mikromoliya Institutlari Milliy Assotsiatsiya (NAMI, sobiq NAMOCU) a'zosidir.

Renesans Mikrokredit Tashkilotining tashkiliy tuzulmasi

Renesans Mikrokredit Tashkiloti tashkiliy tuzilishi

Kadrlar boshqaruvi

Renesans MKT hodimlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish, ularning malakasini oshirish, qo'llab quvvatlash, moddiy va ma'naviy rag'batlantirish, mehnat va ish tartibi hamda etikasi yo'nalishlarida o'ziga xos siyosat yuritadi. Jumladan, 2011-yildan e'tiboran taraqqiyotning yangi bosqichiga ko'tarilgan MKTda hodimlarning vakillik organi tashkil etildi, ichki mehnat tartibi qoidalari yangilandi, "Renesans MKT da hodimlarni moddiy rag'batlantirish tartibi to'g'risida", "ReneStar - Renesans Yulduzi tanlovini o'tkazish tartibi to'g'risida"gi nizomlar ishlab chiqildi va amaliyotga tadbiq etildi.

Hozirda tashkilotda faoliyat yuritayotgan hodimlarning 50% qismi ayollarni tashkil etadi. 58.3% hodimlar oily ma'lumotga egalar.

ReneStar tanlovi esa alohida e'tiborga molik jihatlardan biridir. Yil yakunida qimmatbaho sovg'alar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadigan tanlov g'olibini aniqlash dekabrning birinchi o'nkunligida hodimlar o'rtasida elektron tarzda yopiq ovoz berish yo'li bilan amalga oshiriladi. ReneStarning mutloq g'olibiga ReneStar statuetkasi va maxsus diplom ham topshiriladi.