O’zbekiston Respublikasi «Mikromoliyash to’g’risidagi va «Mikrokredit Tashkilotlari to’g’risidagi qonunlariga asosan Renesans Mikromoliya Tashkiloti mijozlarga quyidagi asosiy to’rt mikromoliyaviy xizmatlarni taklif etmoqda:
Mikromoliyaviy xizmat turlari va farqi
T/r
Mikromoliyaviy xizmatlar
Maksimal miqdori
Izoh
1
Mikroqarz
50 Million So‘mga qadar
Jismoniy shaxslar uchun; naqd pul, plastik kartochka yoki pul o’tkazish yo’li bilan
2
Mikrokredit
300 Million so‘m miqdorigacha
Yakka tartibdagi tadbirkor, dehqon va fermer xo’jaliklari hamda yuridik shaxslar uchun
3
Mikrolizing
600 Million So‘mga qadar
Yakka tartibdagi tadbirkor, dehqon va fermer xo’jaliklari hamda yuridik shaxslar uchun
4
Iste’mol krediti
50 Million So‘mga qadar
Jismoniy shaxslar uchun; O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni sotib olish maqsadida
Renesans MMT O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Xalqaro Konversiyalar bilan o'rnatilgan qoida va standartlarga qat'iy amal qiladi. Shu sababli quyidagi faoliyat turlari yoki maqsadlar uchun mikromoliyaviy xizmatlar ko'rsatilmaydi:
Ilgari olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzlarni uzishga;
Tamakichilik va alkogolli ishimliklar ishlab chiqarishga;
Majburiy mehnay yoki bola mehnatidan foydalanish natijasida foyda olib keladigan ishlab chiqarishga yoki faoliyatga;
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari yoki Xalqaro Konvensiyalar bilan ta’qiqlangan mahsulotlar ishlab chiqarish yoki savdosi bilan shug’ullanishga;
Qurol va o’q-dorilarni ishlab chiqarish yoki sotishga;
Kazino, totalizator yoki boshqa azartli o’yinlarni tashkil etish yoki yuritish;
Yo’qolib ketish xavfi ostida bo’lgan yovvoyi hayvonlar va o’simliklar turlari bilan xalqaro savdo qilish to’g’risidagi Konvensiyada belgilab berilgan yo’qolib ketayotgan yovvoyi hayvonlar va o’simliklar, yoki ulardan tayyorlangan tovarlar bilan savdo qilishga;
Radiaktiv moddalarni ishlab chiqarish yoki sotish, bundan tibbiyot maqsadlari uchun mustasno;
Asbest tolalarni ishlab chiqarishga, savdosiga yoki ulardan foydalanishni ko’zda tutuvchi faoliyatga;
Ma’muriy bo’lmagan o’rmonlardan olinadigan yog’ochni yoki boshqa yog’och mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki sotishga;
Tarkibida kimyoviy vositalar me’yoridan ortiq bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarish, sotish, saqlash va tashishga yoki kimyoviy zararli bo’lgan mahsulotlarni tijorat maqsadida ishlab chiqarishga, bundan xalqaro standartlar bilan tasdiqlanganlari mustasno;
Xalqaro hamjamiyat tomonidan ta’qiqlangan farmatsevtik preparatlarni ishlab chiqarish va sotishga;
Pestitsidlar yoki xalqaro darajada ta’qiqlangan bu turdagi vositalarni ishlab chiqarish yoki sotishga;
O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan ta’qiqlangan boshqa faoliyat turlariga