Mikroqarz

Mikroqarz – O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslarga muddatlilik va qaytarishlilik, shartnomada nazarda tutilgan xollarda to’lovlilik shartlari asosida 50 000 000 (ellik million) so‘mdan oshmaydigan miqdorda berilgan pul mablag’laridir. Mikroqarz mijozning ixtiyoriga ko’ra naqd pul shaklida, uning nomiga  ochilgan plastik kartochkaga yoki mijozning istalgan bankdagi talab qilib olinguncha depozit hisob raqamiga o’tkazib berilishi mumkin.

Yakka tartibda mikroqarz oluvchilar uchun:

  • ReneAgro
  • ReneTrade
  • ReneFarming
  • ReneService
  • ReneProduction
  • ReneConsumer
Mikroqarz mahsuloti nomi ReneAgro, ReneTrade, ReneFarming, ReneServices, ReneProduction, ReneConsumer
Kredit mahsuloti turi Mikroqarz
Maksimal miqdori Har bir jismoniy shaxs uchun – 50 million so’m miqdorgacha
Muddati 3 oydan 36 oygacha
Foiz stavkasi Naqd pulda yiliga 50%dan 66%gacha, plastik yoki omonat hisob raqamiga yiliga 48% dan 60% gacha
To’lov tartibi Har oy to’lov jadvaliga asosan
Ta’minot turi 1. Zargarlik buyumlari
2. Transport vositasi
3. Bank yoki sug’urta kompaniyasi kafolati
4. Uchinchi shaxs kafilligi
5. Qonun bilan taqiqlanmagan boshqa taminot turlari
Kredit tarifi Jismoniy shaxslar uchun
Imtiyozli davr Ko’zda tutilmagan
Kreditlash shakli Naqd pul shaklida, mijoz plastik kartasiga yoki omonat hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan
Talab etiladigan hujjatlar 1. Mikroqarz olish uchun buyurtma
2. Pasport nusxasi
3. Ish faoliyati va daromadi to‘g‘risida ma’lumotnoma
4. Soliq to‘lovchining identifikasion raqami
Ko’rib chiqish muddati Buyurtma berilgan kundan e’tiboran 3 ish kuni
-Qonunchilikda belgilangan tartibda mikrokredit tashkiloti qo‘shimcha hujjatlar talab etishi mumkin

Guruhli mikromoliyalash tamoyili asosida mikroqarz oluvchilar uchun:

  • ReneIshonch
ReneIshonch shartlari asosida guruhli mikromoliyalash tamoyili bilan mikroqarz olish istagida bo’lgan guruhlarga quyidagi shartlar tadbiq etiladi:
  • Guruh a’zolari soni: 3 kishidan 5 kishigacha;
  • Guruh a’zolari o’zaro yaqin qarindosh bo’lmasliklari va bir xo’jalikda istiqomat qilmasliklari;
  • Guruhning har bir a’zosi guruhning boshqa a’zolaridan alohida o’z daromad manbaiga ega bo’lishi;
  • Guruh a’zolari bir birlarini kamida 6 oydan beri bilishlari;
  • Guruh a’zolari o’zaro solidar javobgarlik to’g’risida kafillik shartnomasi imzolashga va zarur xollarda guruhning boshqa a’zolari qarzini kafillik shartnomasiga asosan so’ndirishga rozi bo’lishlari;