Mikroqarz
Mikroqarz – O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan jismoniy shaxslarga muddatlilik va qaytarishlilik, shartnomada nazarda tutilgan xollarda to’lovlilik shartlari asosida 50 000 000 (ellik million) so‘mdan oshmaydigan miqdorda berilgan pul mablag’laridir.
Mikroqarz mijozning ixtiyoriga ko’ra naqd pul shaklida, uning nomiga ochilgan plastik kartochkaga yoki mijozning istalgan bankdagi talab qilib olinguncha depozit hisob raqamiga o’tkazib berilishi mumkin.
Yakka tartibda mikroqarz oluvchilar uchun:
- ReneAgro
- ReneTrade
- ReneFarming
- ReneService
- ReneProduction
- ReneConsumer
Mikroqarz mahsuloti nomi | ReneAgro, ReneTrade, ReneFarming, ReneServices, ReneProduction, ReneConsumer |
---|---|
Kredit mahsuloti turi | Mikroqarz |
Maksimal miqdori | Har bir jismoniy shaxs uchun — 50 million so’m miqdorgacha |
Muddati | 3 oydan 36 oygacha |
Foiz stavkasi | Naqd pulda yiliga 50%dan 60%gacha, plastik yoki omonat hisob raqamiga yiliga 48% dan 60% gacha |
To’lov tartibi | Har oy to’lov jadvaliga asosan |
Ta’minot turi | 1. Zargarlik buyumlari 2. Transport vositasi 3. Bank yoki sug’urta kompaniyasi kafolati 4. Uchinchi shaxs kafilligi 5. Qonun bilan taqiqlanmagan boshqa taminot turlari |
Kredit tarifi | Jismoniy shaxslar uchun |
Imtiyozli davr | Ko’zda tutilmagan |
Kreditlash shakli | Naqd pul shaklida, mijoz plastik kartasiga yoki omonat hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan |
Talab etiladigan hujjatlar | 1. Mikroqarz olish uchun buyurtma 2. Pasport nusxasi 3. Ish faoliyati va daromadi to‘g‘risida ma’lumotnoma 4. Soliq to‘lovchining identifikasion raqami |
Ko’rib chiqish muddati | Buyurtma berilgan kundan e’tiboran 3 ish kuni |
-Qonunchilikda belgilangan tartibda mikrokredit tashkiloti qo‘shimcha hujjatlar talab etishi mumkin
Guruhli mikromoliyalash tamoyili asosida mikroqarz oluvchilar uchun:
- ReneIshonch
- Guruh a’zolari soni: 3 kishidan 5 kishigacha;
- Guruh a’zolari o’zaro yaqin qarindosh bo’lmasliklari va bir xo’jalikda istiqomat qilmasliklari;
- Guruhning har bir a’zosi guruhning boshqa a’zolaridan alohida o’z daromad manbaiga ega bo’lishi;
- Guruh a’zolari bir birlarini kamida 6 oydan beri bilishlari;
- Guruh a’zolari o’zaro solidar javobgarlik to’g’risida kafillik shartnomasi imzolashga va zarur xollarda guruhning boshqa a’zolari qarzini kafillik shartnomasiga asosan so’ndirishga rozi bo’lishlari;