Yuridik shaxslar uchun
TAKLIF
O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar quyidagi shartlar asosida qarz shartnomasiga asosan mablag’lar joylashtirishi mumkin:
Valyuta: O’zbekiston Respublikasi So’mi
Eng kam muddati: 6 oy
Eng ko‘p muddati: 3 yil
Eng kam miqdori: 50 000 000 so’m
Bir qarz beruvchidan yoki bir guruh o’zaro aloqador shaxslardan jalb etiladigan eng ko’p miqdor: 5 000 000 000 so’m
Miqdori |
Muddati |
|||
---|---|---|---|---|
6 oydan 1 yilgacha |
1 yildan oshiq |
|||
Sug‘urtalangan |
Sug‘urtalanmagan |
Sug‘urtalangan |
Sug‘urtalanmagan |
|
50.000.000 so‘mdan 249.000.000 so‘mgacha | 18% | 20% | 20% | 22% |
250.000.000 so‘mdan 999.000.000 so‘mgacha | 19% | 21% | 21% | 23% |
1.000.000.000 so‘mdan 5.000.000.000 so‘mgacha | 20% | 22% | 22% | 24% |
Shuningdek, Sizning xohishingizga ko‘ra «Renesans Mikromoliya Tashkiloti»ga bo‘sh pul mablag‘laringizni joylashtirish orqali qiladigan tavakkalchiliklaringizni o’z hisobimizdan sug‘urtalab berishimiz ham mumkin.
Shartnoma tuzish uchun kerakli bo‘lgan hujjatlar ro‘yhati:
1) Tashkilot ro‘yhatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi
2) Tashkilotning ta’sis hujjatlari nusxalari — ta’sis shartnomasi va Ustavi
3) Tashkilotning rahbari va bosh hisobchisining lavozimga tayinlanganligi to‘g‘risidagi buyruq va bayonnoma nusxalari hamda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxalari
4) Tashkilotning rekvizitlari
Renesans Mikromoliya Tashkiloti, shuningdek, shartnoma tuzish jarayonida yoki undan keyin mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida va/yoki boshqa qonun hujjatlari talablariga asosan yuqorida nomlari ko‘rsatilmagan boshqa hujjatlarni ham so‘rab olish yoki ularning asl nusxalari bilan tanishish huquqini o‘zida qoldiradi.
Sizga, bo‘sh pul mablag‘laringizni aynan «Renesans Mikromoliya Tashkiloti» ga ishonib topshirishingiz uchun 3 asosiy sababni aytamiz.
Birinchidan, Ishonchli. Biz 2007 yildan buyon barcha majburiyatlarimizni doimo va o‘z vaqtida bajarib kelmoqdamiz. Qolaversa, 2019 yil yakunlari bo‘yicha » Axborot Reyting» reyting agentligi tomonidan «Renesans Mikrokredit Tashkiloti» ga «Barqaror» prognozi bilan UzA+ kredit reytingi berilgan.
Ikkinchidan, Kelajakka Yo‘nalgan. Biz 2025 yil yakuniga kelib, Respublikaning barcha hududlarida filiallar va xizmat ofislari tarmog‘ida ega yetakchi nobank tashkilotiga aynalishini maqsad qilganmiz hamda o‘z maqsadimiz yo‘lida uzoq yillardan buyon ushbu sohada yetakchi aylangan professionallarga ega jamoamiz bilan og‘ishmay olg‘a bormoqdamiz.
Uchinchidan, Manfaatli Hamkorlik. Inflyaciya darajasidan yuqori bo‘lgan foiz stavkalari Sizga haqiqiy moliyaviy daromad keltirish uchun xizmat qiladi.
Bizning taklifimiz qiziqarli bo‘lsa yoki mikrokredit tashkiloti faoliyatiga bog’lig har qanday savolingiz bo‘lsa, Sizga bajonidil xizmat ko‘rsatishdan mamnun bo‘lamiz.
Murojaat uchun telefonlar: +998 71 230 55 32 +998 90 114 44 44